Dag‘al ozuqalar turlari va ularning tarkibi

Dag‘al ozuqalar 20 foizdan ko‘proq kletchatlardan iborat, shu sababli ularning organizmda hazm bo‘lishi boshqa ozuqalarga solishtirganda past. Bunga qaramastan, ular sog‘in sigirlarni oziqlantirishda katta ahamiyatga ega: ratsionga kerakli hajmni beradi; oshlik hissini so‘ndiradi, oshqozon - ichak faoliyatini yaxshilaydi, organizmda issiqlik paydo bo‘lishi manbayi sifatida xizmat qiladi.

Dag‘al ozuqalar asosan: pichan, somon, turli xildagi o‘simliklarning (makkajo‘xori, g‘o‘zapoya, oqjo‘xori, kungaboqar va xokazolarning) poyasi, sutasi va chanoqlaridan iboratdir.

Nomi MJ QM XP Ca F Ma Na
1 Beda pichani 6.72 0.83 101 17 2.2 3 1.5
2 Bug’doy somoni 4.76 0.846 5 2.8 0.8 0.9 0.4
3 Arpa somoni 5.71 0.83 13 3.3 0.8 1.1 1.1
4 Har xil o’t pichanlar 6.45 0.85 5.6 8.3 2 1.74 1.83