Ser-suv shirali ozuqalar

Ser – suv shirali ozuqalar asosan suvdan iborat va ular yengil hazm bo‘ladi. Sog‘in sigirlarni oziqlantirishda ser – suv ozuqalar katta ahamiyatga ega. Ular dieta hususiyatlariga ega bo‘lib, ishtaxani oshadi; hazm qilish jarayoniga yaxshi ta’sir qilib, ratsiondagi ozuqa moddalarining hazm bo‘lishini yaxshilaydi; uglevod-yog‘ almashuvini yaxshilaydi. Ser – suv ozuqalar asosan sog‘in sigirlarining sutini ko‘paytirishda katta ahamiyatga ega.

Ser – suv shirali ozuqalarga siloslar, senajlar, hashaki poliz ekinlari va boshqalar kiradi.

Nomi MJ QM XP Ca F Ma Na
1 Makkajo’xori silosi 2.3 0.25 14 1.4 0.4 0.9 0.4
2 Beda senaji 4.19 0.45 71 10.9 1 0.9 0.4
3 Xashaki lavlagi 1.65 0.12 9 0.4 0.5 0.2 0.7
4 Sabzi 2.2 0.12 8 0.9 0.6 0.1 0.7