Makkajo‘xori doni – qimmatli yuqori energiyali konsentrlangan ozuqa bo‘lib, hazm bo‘lishi (90% gacha) bo‘yicha boshqa don yemlaridan ustundir va barcha turdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun mos keladi. Sog‘in sigirlar uchun bo‘lsa eng ko‘p sut beradigan ozuqa hisoblanadi. Undan foydalanish sut mahsuldorligini oshirishning asosiy shartidir. Sog‘in sigirlar ratsioniga makkajo‘xori kiritilganda sut ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 15% ga oshadi. Bundan tashqari, oqsil-yog‘ nisbati bo‘yicha sut sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.